"Barselona" 3,25 mln. evro evaziga yarim himoyachi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
23 may 2019, 18:30
"Barselona" rasmiy saytida klub "Groningen" yarim himoyachisi Lyudovit Reysni sotib olgani e'lon qilindi.

Transfer 3,25 mln. evro evaziga amalga oshdi. 18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 3 yilga mo'ljallangan, uni yana 2 yilga avtomatik tarzda uzaytirish imkoniyati mavjud. Shartnomadagi tovon puli 100 mln. evro.

Reys - kelib chiqishi slovakiyalik bolgan Gollandiya fuqarosi hisoblanadi. "Groningen" tarbiyalanuvchisi hisoblangan yigitcha 2017 yildan beri asosiy jamoada to'p tepadi. Joriy mavsum u Gollandiya chempionatining 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta sariq kartochka oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com