

Bu haqda Gilem Balage ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yozda shartnomasi yakuniga etadigan 37 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilishgan.
Ma'lumot uchun, Robert 2022 yildan beri Kataloniya jamoasida to'p suradi. U joriy mavsum 40 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 3 ta assist bor.
Avvalroq, "Barselona" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni yozda sotib olish uchun 120 million evro sarflashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.



