"Barsa" va "Yuve" qiziqqan APL klubi himoyachisini "Chelsi" sotib olmoqchi

Administrator
20 yanv 2026, 20:30
"Chelsi" Senesi tranfserini amalga oshirmoqchi.

"Chelsi" "Bornmut"ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Markos Senesini o'zining potencial transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritdi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi yozda muddati tugaydigan "Bornmut" bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha bir nechta takliflarni rad etgan. Shunday bo'lsa-da, "giloslar" joriy oyda Senesini sotish bo'yicha barcha takliflarni rad etishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda "Bornmut" himoyachisi barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq, futbolchiga "Yuventus" va "Barselona" klublari qiziqayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.


AdministratorMuallif
Manba: talkSport