"Barsa" stadioni "Spotify Kamp Nou"ga o'zgaradi

Alisher
9 fev 2022
"Barselona" Spotify bilan homiylik bitimi imzolashga yaqin.

Jarayon yakunlanish bosqichida, tomonlar kelishuvni tezroq rasman e'lon qilish uchun ishlashmoqda.

Spotify "Kamp Nou" stadionining neyming huquqini oladi. Yangi nom "Spotify Kamp Nou" bo'ladi.

"Barselona"ning nomni sotishdan oladigan daromadi oldinroq xabar qilinganidan kamroq - yiliga 5 million dollar atrofida. Stadiondagi ishlar yakunlansa, bu pul o'sishi mumkin.

Oldinroq "Barselona"ning bitimdan 3 yil ichida oladigan daromadi 280 million evro bo'lishi aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com