"Bars" "Nasaf" sobiq futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
Gruziyalik vinger Temur Chogadze faoliyatini Qirg'iz Respublikasida davom ettirishi mumkin.

"Bars" jamoasi tarkibni u bilan to'ldirmoqchi.

27 yoshli futbolchi bunga qadar "Nasaf"da, shuningdek, Gruziya, Qozog'iston, Ukraina va Litva chempionatlarida o'ynagan.

Chogadze joriy mavsum "Jalgiris" tarkibida 38 o'yinda qatnashdi va Litva chempioniga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/tengelbes