Barns "Lester"ning yubiley golini urdi

Mirjalol Normatov
11 dek 2020
Ayni damda "Lester" o'z maydonida AEKni qabul qilmoqda.

Underning 12-daqiqada, Barnsning 14-daqiqada urgan gollari "tulkilar"ga g'alabani tortiq qilmoqda.

Xarvi Barnsning goli "Lester"ning "King Pauer"dagi barcha turnirlarda kiritgan 700-goli bo'ldi. Dastlabki gol 2002 yili "Uotford"ga qarshi o'yinida Brayan Din tomonidan kiritilgandi.

"King Pauer" 2002 yili 23 iyul kunida foydalanishga topshirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: skysports.com