

Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 37-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Bahs 2:3 hisobida yakunlandi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. 81-daqiqada "Bani Yas" hujumchisi Joau Viktor maydondan chetlatildi, 6 daqiqa esa "Al Ayn" Al Hussini Rahimining goli bilan uch ochkoni qo'lga kiritdi.
"Al Ayn" chempionatda 17 o'yindan so'ng 41 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, shuncha ochko jamg'argan, ammo ushbu turdagi o'yinini endi o'tkazadigan "Shabab Al Ahli" ikkinchi o'rinda ketmoqda. "Bani Yas" esa 16 o'yinda 11 ochko bilan so'nggi, 14-o'rinni band etib turibdi.
22 fev 2026, 22:30
Bani Yas — Al Ain

2 – 3
Tugadi






