BAA. "Bani Yas" "pochinni ochdi", "Dibba" peshqadamlardan biridan ochko tortib oldi

Mirjalol Normatov
21 noya 2025
BAA chempionatining 8-turida "Bani Yas" safarda "Al Sharja" mehmoni bo'ldi va yirik g'alabaga erishdi.

Bu jadvalning so'nggi pog'onasini egallab turgan "Bani Yas" uchun mavsumdagi ilk g'alaba bo'ldi. Mehmonlar tarkibidagi Otabek Shukurov to'liq o'ynagan bo'lsa, Akmal Mozgovoy 90+3-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.



BAAda o'ynayotgan yana bir hamyurtimiz Abdulla Abdullaev faoliyat olib borayotgan "Dibba al-Fujayra" jamoasi esa peshqadamlardan biri "Al Vahda" bilan bahsda so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urib, ochko tortib oldi. Hamyurtimiz ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.


BAA PRO-LIGASI JADVALI


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia