Azmun "Nasaf"ga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2025
"Shabab Al Ahli" hujumchisi Syerdar Azmun jarohati tufayli Elit OCHL 3-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, eronlik forvard taxminan 3-4 oy maydonga tusha olmaydi va mavsumning ikkinchi yarmida jamoaga qaytadi.

Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia