Ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi. Xitoy Bangladeshdan ustun keldi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026, 16:02
O'zbekiston ayollar terma jamoasi joy olgan "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan Xitoy – Bangladesh bahsi yakuniga etdi.

Unda xitoyliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi va guruhda ikkinchi o'ringa joylashdi.

Avvalroq O'zbekiston KXDR bilan bahs yuritib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Endi Kotrina Kulbite qo'l ostidagi O'zbekiston 6 mart kuni 2-turda Xitoy bilan o'ynasa, KXDR Bangladeshga qarshi maydonda saf tortadi. 

Xitoy – Bangladesh 2:0

Gollar: Van Shuan 44', Jian Rui 45+1'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia