Ayollar o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi: "Barselona" yana "Real"ni mag'lub etib, ketma-ket beshinchi bor chempion bo'ldi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
"Barselona" ayollar jamoasi Ispaniya Superkubogi g'olibiga aylandi.

Kataloniyaliklar musobaqaning hal qiluvchi bahsida "Real" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. O'yindagi hisob 28-daqiqada Esme Brugts tomonidan ochilgan bo'lsa, 94-daqiqada Aleksiya Putelyas penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy nuqtani qo'ydi.



Ma'lumot uchun, "Barselona" ayollar o'rtasidagi Ispaniya Superkubogida o'z tarixida oltinchi bor va ketma-ket beshinchi marta zafar quchmoqda. Eslatib o'tamiz, 2025 yilgi finalda ham "ko'k-anorranglilar" "Real"ni yirik 5:0 hisobida mag'lub etishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia