Ayol hakam ikkinchi Bundesliga o'yinida golli pas berdi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016, 10:49
Ayol hakam Bibiana Shteynxaus ikkinchi Bundesliganing 17-turidan o'rin olgan "Union Berlin" hamda "Groyter Fyurt" bahsida (1:1) golli pas berdi.

"Groyter Fyurt" hujumi paytida Berlin jamoasi himoyachisi to'pni jarima maydonchasida chiqarib yuborishga urindi, ammo to'p hakamga tegdi. To'p yana hujum qilayotgan jamoa futbolchisiga tushib qoldi va u imkoniyatdan unumli foydalandi.

Shteyxaus "Union" o'yinchilari etiroziga qaramasdan golni hisobga oldi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com