"Ayaks" "Sevilya"dan Idrissini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oldi

Alisher
2 fev 2021, 11:00
Yarim himoyachi Ussama Idrissi faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettiradi.

"Sevilya" Marokash terma jamoasi xavbekini "Ayaks"ga mavsum so'nggiga qadar ijaraga berib yubordi.

Idrissi oldin ham Eredivizida o'ynagan: u "Feyenoord" akademiyasini tamomlagan, shundan so'ng 2015-2018 yillarda "Groningen"da, 2018-2020 yillarda esa AZda harakat qilgan.

Yarim himoyachi 2018/19 yilgi mavsumda Niderlandiya Kubogining eng yaxshi to'purariga aylangandi.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl