Serxio Ramos "Sevilya"ni sotib olish niyatida

Iskandarov Abdulaziz
26 yanv 2026
Afsonaviy ispan futbolchisi Serxio Ramos "Five Eleven Capital" kompaniyasi bilan birgalikda "Sevilya" klubi egasiga aylanish niyatida.

Bu haqda "Cadena Ser" nashri "Carrusel Deportivo"ga tayanib xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Real" hamda Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya klubini 450 million evro evaziga sotib olmoqchi. Qayd etilishicha, hozirda Ramos o'z yuristlari bilan birgalikda klubning moliyaviy hisobotlarini o'rganmoqda. Ushbu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.

Takidlanishicha, so'nggi yillardagi qoniqarsiz natijalar akciyadorlarni “Sevilya”ni sotish qaroriga olib kelgan. Ilgari Serxio Ramos mazkur klub safida futbolchi sifatida 2003–2005 yillar oralig'ida, shuningdek, 2023/2024 yilgi mavsumda to'p tepgan. 

39 yoshli Serxio Ramosning so'nggi klubi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo'lib, u joriy yil dekabr oyi boshida klubni tark etgan. Avvalroq Ramos professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Cadena Ser