

Eslatib o'tamiz, Laporta avvalroq madridliklarning "Rayo Valekano" ustidan qozongan g'alabasini shubha ostiga olib, hakamlarni "Qirollik klubi"ga yon bosishda ayblagan edi.
Iturralde Laportaga "Negreyra ishi"ni eslatib qo'ydi:
"Rayo" darvozasiga belgilangan penaltida shubha yo'q. Hakamlar kimgadir yon bosayotganini aytayotgan Laportaga bir narsani eslatmoqchiman: bugungi kundagi zaharli muhitni aynan u va "Barselona"ning boshqa prezidentlari yuzaga keltirgan. Ular yillar davomida hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti, yaramas Negreyraga pul to'lab kelishgan.
Laporta hakamlik haqida gapirishdan oldin, ispan futboli va hakamlarini shunday mashmashalarga aralashtirib qo'ygani uchun tiz cho'kib uzr so'rashi kerak. U va o'sha yaramas Negreyra ispan hakamligiga eng katta zarbani berishgan", - dedi Iturralde.
Ma'lumot uchun, "Barselona" 2001 yildan 2018 yilgacha hakamlar qo'mitasi sobiq mulozimi Negreyraga millionlab evro to'lagani uchun hali hamon sud jarayonlari markazida qolmoqda.



