Avtoyuvish shahobchasi xodimi "Jenoa" o'yinchisini Ferrari'sini "rasvo qildi"

Alisher
12 yanv 2021
Avtoyuvish shahobchasi xodimi "Jenoa" darvozaboni Federiko Markettining qimmatbaho avtomobiliga zarar etkazdi.

Darvozabon mashinasi yuvdirish uchun Ferrari 812 Superfast'ni servisda qoldirgan. Ishchilardan biri esa mashinani haydashga qaror qilgan, ammo u boshqaruvni yo'qotib, burilish vaqtida to'siqqa urilib ketgan. Avtomobil esa jiddiy shikastlangan.

Marketti joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi. "Jenoa" 17 turdan so'ng 14 ochko to'plagan holda jadvalda 17-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Corriere