"Atletiko" Gallaxer transferini hal qildi. Chorshanba kuni – tibbiy ko'rik

Administrator
6 avg 2024, 23:15
Madrid klubi jiddiy yurishlar qilmoqda.

"Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxer tez orada Madridning "Atletiko" klubi futbolchisiga aylanadi. Ispanlar 42 mln evro evaziga Gallaxerni transfer qilishadi. "Chelsi", "Atletiko" va futbolchi – uchchala tomon ham kelishib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

24 yoshli yarim himoyachi chorshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Atletiko" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano