

Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" hujumchini "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas, biroq agar takliflar 100 million evrodan oshsa, klub ingliz grandlarining takliflarini ko'rib chiqadi. Mish-mishlarga qaraganda, hujumchiga "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirgan.
26 yoshli Alvares ushbu mavsum 42 o'yinda qatnashib, 16 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi bitimi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.



