“Atalanta” “Bavariya” va “Liverpul”ni ortda qoldirmoqda

Italiya A Seriyasining 21-turida “Atalanta” klubi safarda “Torino”ni (7:0) hisobida taslim etdi.

Ushbu g'alabadan keyin Jan Pero Gasperini shoigrdlari A seriyada joriy mavsumda gol urish bo'yicha peshqadamga aylanishdi. 21 uchrashuv 57 gol.  A seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Yuventus” ham “Atalanta”dan 18 golga ortda qolmoqda.

Squawka xabariga ko'ra, bu borada “Atalanta” Yevropaning top-5 birinchiliklarida faqatgina “Manchester Siti”dan ortda qolmoqda. Gvardiola jamoasi 24 uchrashuda 65 ta gol urishga erishgan. “Atalanta”dan keyingi pog'onalarda “Bavariya” (55), “Lierpul” (54) va “Lester” (52) jamoalari borishmoqda.


Manba: Squawka