Arturo Vidal "Galatasaroy" yoki "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin

Alisher
27 iyun 2022
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal yozda Milan klubidan kyetishi mumkin.

35 yoshli Chili terma jamoasi o'yinchisiga "Galatasaroy" va "Inter Mayami" qiziqish bildirmoqda.

Vidal "Inter"da 2020 yilning sentyabridan beri o'ynaydi.

Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 2 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia