Artur: "Fiorentina" YCHLga chiqmoqchi"

Mirjalol Normatov
15 okt 2023
"Fiorentina" futbolchisi Artur klubning ushbu mavsum haqidagi maqsadi haqida gapirdi.

"YCHLga chiqishni niyat qilganmiz. O'z yo'nalishimizga sodiqlikni saqlab qolishimiz, har bir uchrashuvga g'oliblik mentalitetida tayyorlanishimiz kerak.

Kuchli start olishni uddaladik, biroq oldindagi yo'l juda uzoq. Har bir vaziyat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin", - dedi futbolchi "EFE Brasil" nashriga.

Ayni damda "Fiorentina" 17 ochko to'plagan holda 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 23 oktyabr kuni "Empoli"ga qarshi o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: EFE Brasil