Arteta kechagi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
23 mar 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi mag'lubiyat (0:2) haqida gapirdi.

"Bu mag'lubiyat men uchun juda og'riqli, ayniqsa o'yinchilarimiz va muxlislarimiz uchun, chunki biz bugun bu sovrinni qo'lga kiritishni juda xohladik. Bugun butunlay ikki xil  bo'limlarni guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda, men o'ylaymanki, biz raqibdan ustun edik va o'yindagi eng yaxshi ikki imkoniyat bizda bo'ldi. Lekin biz ulardan foydalana olmadik. Ularning bugungi o'yindagi harakatlarini hurmat qilish kerak va kubokni qo'lga kiritishgani bilan tabriklayman. Biz uchun esa bugun juda yomon kun bo'ldi", - dedi Arteta.


KhojaMuallif
Manba: skysport