"Arsenal" Tomas Partining qachon safga qaytishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 13:15
"Arsenal" rasmiy sayti yarim himoyachi Tomas Partining holatiga aniqlik kiritdi.

28 yoshli futbolchi "Chelsi"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat olgandi.

"Tomas o'ng to'pig'idan olgan jarohatini davolash bilan band. Uning holati yaxshilanmoqda. U uch haftadan keyin mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda", - deb yoziladi klub bayonotida.

"Arsenal" uchun mavsum 13 avgust kuni boshlanadi. Shu kuni Mikel Arteta shogirdlari o'z maydonida "Brentford"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal