"Arsenal" Rays bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
13 mar 2026
Deklan Rays "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

BBC ma'lumotiga ko'ra, tomonlar muzokaralarni boshlashgan.

Futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2028 yil yoziga qadar davom etadi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor. Klub esa u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.

Ayni damda Raysga haftasiga 240 ming funt maosh to'lanmoqda. Uning maoshi sezilarli oshirilishi mumkin.

Xavbek ushbu mavsumda APLning 29 o'yinida qatnashib, 5 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC