"Arsenal" himoyachisi bilan xayrlashmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Himoyachi Rikkardo Kalafori ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.

Shu fonda Londonning "Arsenal" klubi futbolchisiga uning vatanida qiziqish ortmoqda. Xususan, 23 yoshli Kalafori "Inter", "Milan", "Yuventus" va "Napoli" klublari diqqat markazida turibdi.

Shunga qaramay, "Arsenal" yozgi transfer oynasida Kalafori bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqda "TEAMtalk" xabar berdi. 

Rikkardo Kalaforining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari italiyalik futbolchini 50 million evro deb baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk