

Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli germaniyalik futbolchining transferiga ko'plab top-klublar qiziqish bildirmoqda. Ammo, futbolchi uchun kurashda "Arsenal" peshqadamlik qilmoqda.
Nikolo Trezoldi joriy mavsum "Bryugge" safida 48 ta o'yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.



