"Arsenal" "Bolonya" yarim himoyachisini kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
25 dek 2021, 00:14
"Arsenal" "Bolonya"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Mattias Svanbergning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Il Resto del Carlino" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ushbu transfer uchun 20 million evro ajratishi kutilmoqda. Oldinroq futbolchi klubi bilan kelishuvini uzaytirishdan bosh tortgani va boshqa klublardan variantlarni o'ylab ko'rishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

U qishki transferlar oynasidayoq jamoasini o'zgartirish niyatida.

Ushbu mavsumda Svanberg "Bolonya" tarkibida 21 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Resto del Carlino