"Arsenal" Bastoni transferiga ko'z tikdi: "Inter" salmoqli narx aytdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026
Londonning "Arsenal" klubi Milanning "Inter" jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

"Caught Offside" ma'lumotlariga qaraganda, ingliz klubi rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchining o'yin xususiyatlari Mikel Arteta qo'l ostidagi jamoaning taktik modeliga juda mos kelishiga ishonmoqda.

"Inter"dagilar futbolchi bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor, biroq kelishuv uchun boshlang'ich narx kamida 90-100 mln evro deb belgilangan. Bastonining milanliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan, bu esa italiyaliklarning muzokaradagi poziciyasini kuchaytiradi.

Himoyachi "Inter"da 2017 yildan beri o'ynab keladi - u o'shanda "Atalanta"dan 31 mln evroga o'tgan. U joriy mavsum nafaqat himoyada ishonchli o'yin ko'rsatmoqda, balki samaradorligi bilan ham ajralib turibdi: barcha turnirlarda 33 o'yinda 2 ta gol va 6 ta golli uzatma. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozordagi narxi 80 mln evro deb baholanmoqda.

Shu orada "Arsenal" Angliya chempionatida ishonchli ravishda peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi g'alabadan so'ng "to'pchilar" ochkolarini 64 taga etkazib, turnir jadvalida birinchi o'rinni mustahkamladi.

Avvalroq Bastoni "Liverpul"ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadiga aylangani haqida xabar berilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside