Arbeloaning ishonchi so'ndi: "Real" yetakchisi endi daxlsiz emas

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
2026 yil endigina boshlandi, ammo "Real" allaqachon bir qator shov-shuvli mag'lubiyatlarni qabul qilib ulgurdi - "Albasete" va "Benfika" bilan o'yinlardagi fiasko shular jumlasidan.

Shu holatda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa og'ir qarorlar qabul qilishga majbur bo'lmoqda.

Xabi Alonso davrida yangi himoyachi Alvaro Karreras daxlsiz hisoblanardi. U uchun "Benfika"ga 50 mln evro to'langan va sog'lig'i yo'l qo'ygan paytda u doim 90 daqiqa o'ynagan futbolchilardan biri edi.

Biroq AS nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Benfika"ga qarshi mag'lubiyatdan keyin Karreras bu maqomni yo'qotdi. Ushbu dam olish kunlari "Rayo Valekano" bilan bahsda Arbeloa uni zaxirada qoldirib, chap qanot himoyasida Eduardo Kamavingaga ishonch bildirdi.

Endilikda Karreras maydonga chiqqan har bir daqiqada o'z salohiyatini isbotlashiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, Arbeloa taxminan 1 oyga safdan chiqqan Jud Bellingemsiz ham jamoani boshqarishga majbur.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS