Arbeloa "Atletiko"ga qarshi o'yini oldidan Mbappening holatini baholadi

Khoja
22 mar 2026
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening holatini baholadi.

O'yin 22 martdan - 23 mart sanasiga o'tar kechasi soat 1:00 da start oladi.

"Manchesterda o'tkazgan minutlari, qilgan ikki-uchta yugurishi... har bir harakatida u a'lo formada ekanini ko'rsatdi. Biroq biz uchun eng muhimi uning holati. Agar Mbappe o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lsa va o'ynashga 100 foiz tayyor bo'lsa, biz uni maydonga tushiramiz. Biz uchun hozirdagi eng to'g'ri yo'l uni to'liq qaytishini kutish", - dedi Arbeloa.

Ispaniya chempionatining 28 o'yinidan so'ng "Real" 66 ochko to'plab, turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Atletiko" 57 ochko bilan 4-o'rinda joylashgan.


KhojaMuallif
Manba: Marca