APLning uchta klubi Barkolyani nishonga oldi

Alisher Ostonov
31 may 2025
PSJ vingeri Bredli Barkolya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

22 yoshli francuzning xizmatlariga bir vaqtning o'zida Angliyaning uchta klubi - "Nyukasl", "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

Takidlanishicha, PSJ Barkolya uchun taxminan 50 million evro taklif qilinsa, uni sotib yuborishi mumkin. Hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Barkolyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 70 mln evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: El Nacional