APLning uch top-klubi Moribani kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 10:59
"Barselona" xavbeki Ilaysh Moriba Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi uchun "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Barselona" o'z tarbiyalanuvchisining transferidan 20 mln evro ishlab olmoqchi.

Moribaning klubi bilan kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. Tomonlar uni uzaytirish borasida bir qarorga kelmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun