APLning ikki vakili Avstraliyada maydonga tushadi

Omonjon To`xtamirzayev
19 mar 2024
"Tottenxem" va "Nyukasl" 22 may kuni Avstraliyadagi "Melburn Kriket Graund" stadionida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

"Shporlar" bu arenada 2016 yildan beri ilk bor maydonga tushishadi. O'shanda londonliklar "Yuventus" va "Atletiko"ga qarshi uchrashuv o'tkazishgandi.

"Hakkalar" ushbu safar davomida shuningdek, Avstraliya chempionati yulduzlari terma jamoasiga qarshi ham bahs o'tkazishi reja qilingan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com