APLning ikki klubi Kovachichni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher Ostonov
25 okt 2025, 12:28
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.

31 yoshli yarim himoyachining transferiga Premer-liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Vest Xem" va Birmingemning "Aston Villa" klublari haqida ketmoqda.

Mateoning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Yarim himoyachi 2023 yilning yozida "Manchester Siti" safini to'ldirgandi.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 million evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Caught Offside