

APLda o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi "Chelsi" ustozi Enco Mareska bo'ldi.

"Ko'klar" sentyabrda mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi hamda ikkita yirik g'alabaga erishdi ("Vest Xem" va "Brayton" ustidan – 3:0 va 4:2), shuningdek, "Bornmut"ni minimal hisobda mag'lub etdi (1:0) va "Kristal Pelas" bilan durang o'ynadi (1:1).
O'tgan oy nafaqat Mareska, balki uning shogirdi Koul Palmer uchun ham samarali bo'ldi. 22 yoshli yarim himoyachi Premer-ligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
"Chelsi" 14 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o'rinda turibdi. 20 oktyabr kuni Mareska shogirdlari safarda "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.



