APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga davogarlar e'lon qilindi

Оқил Абдубарноев
9 may 2024
Angliya Premer-ligasida 2023/2024 yilgi mavsumning eng yaxshi bosh murabbiyi bo'lishga nomzodlar aniqlandi. Bu haqda liganing rasmiy “X” akkaunti ma'lum qildi.

Ro'yxatda besh nafar mutaxassisning nomi keltirilgan.

Bular Mikel Arteta ("Arsenal"), Unai Emeri ("Aston Villa"), Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Andoni Iraola ("Bormunt") va Yurgen Klopp ("Liverpul").

Eslatib o'tamiz, g'olib 21 may kuni e'lon qilinadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/premierleague