APL. “Centre-back”larning gollari “Man Siti”ga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Eldor Akmurzayev
27 fev 2021, 19:40
Angliya chempionati 26-turini ochib bergan bahsda “shaharliklar” o'z maydonida “Vest Xem”ni 2:1 hisobida taslim etishdi.

Mezbonlar safida markaziy himoyachilar Ruben Diash va Jon Stounz gol urgan bo'lsa, javob to'pini Mikail Antonio kiritdi. 

Bu Pep Gvardiola qo'l ostidagi “Siti”ning barcha musobaqalarda qo'lga kiritgan ketma-ket 20-g'alabasi bo'ldi. Jamoa APL jadvalida 62 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

"Manchester Siti" – "Vest Xem" 2:1 (1:1, 1:0)

"Etixad Stedium"

Gollar: 1:0 – 30 Ruben Diash, 1:1 – 43 Antonio, 2:1 – 68 Stounz.

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko, Gyundogan (Rodri, 89), Fernandino, Maxrez, de Bryuyne, Ferran Torres (Foden, 65), Aguero (Gabriel Jezus, 61).

"Vest Xem" – Rendolf, Jonson (Bouen, 84), Diop, Douson, Coufal, Fornals, Rays, Lingard, Souchek, Kressuell, Antonio (Benraxma, 84).

Ogohlantirishlar: Jonson (28), Fernandino (90).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia