

"Amerikan Ekspress" stadionida kechgan bahsda "chaykalar" 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvni Kreyg Pouson boshqarib bordi. O'yin mezbonlar uchun juda tezkor gol bilan boshlandi: hali uchinchi daqiqa o'tar-o'tmas Ferdi Kadioglu hisobni ochib, "Brayton"ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda ham tashabbus mezbonlar tomonida bo'ldi. 56-daqiqada Jek Xinshelvud oradagi farqni oshirgan bo'lsa, uchrashuvga qo'shib berilgan vaqtda (90+1) Denni Uelbek yakuniy nuqtani qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Brayton" o'z ochkolarini 50 taga etkazib, turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. "Chelsi" esa 48 ochko bilan 7-pog'onaga tushib ketdi.



