APL 1-turining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2025, 12:32
"Tottenxem"ning braziliyalik hujumchisi Risharlison Angliya Premer-ligasi ilk turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, u afsonaviy hujumchi Alan Shirer talqinida tur ramziy jamoasiga ham kiritildi.

Risharlison yangi mavsumni yorqin boshladi. U "Byornli"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va gollardan birini chalqancha uslubda urdi. U JCH-2022da Serbiyaga qarshi o'yinda Braziliya terma jamoasi safida xuddi shu uslubda to'p kiritgan edi.

Avvalroq u Ronaldoning yuzi tushirilgan suratni joylashtirib, "Oltin to'p" uchun kurashishiga shama qilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com