Anvarjon Hojimirzaev - Superliga-2024da yil kashfiyoti!

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlanmoqda.

Bundan tashqari, PFL rahbariyati va OAV o'rtasida ochiq muloqot ham bo'lib o'tadi.

PFL mavsum kashfiyoti nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Dinamo" klubi a'zosi Anvarjon Hojimirzaev Superligada yil kashfiyoti deb topildi.


Ma'lumot uchun, Anvar Hojimirzaev ortda qolgan mavsum Superligada 25ta o'yinda 10ta gol urdi va bitta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia