

Xabaringiz bor, ayni damda Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari yakunlanmagan. Jamoa 5-turdagi uy uchrashuvini o'tkazish uchun Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" o'yingohi bilan kelishuvga erishgan va bu borada Ligani xabardor qilgan. Shu tariqa, 5-turdagi "Qo'qon-1912" klubiga qarshi bahs aynan "Do'stlik" stadionida o'tkazilishiga kelishib olindi. Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Shuningdek, "Nasaf" jamoasi ham Superliga 5-turidagi "Andijon"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazish uchun "Dinamo" stadioni bilan shartnoma imzolagan. Uchrashuv taqvim bo'yicha 3 aprel kuni bo'lib o'tadi.



