

Bu haqida mamlakat Futbol Assotsiatsiyasi (FA) matbuot xizmati ma'lum qildi.
29 yoshli futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda Raxim Sterling va Xarri Keynlarni ortda qoldirdi.
Henderson o'tgan yil Angliya terma jamoasi libosida 7ta uchrashuvda maydonga tushdi. "Chernogoriya"ga (5:1) qarshi o'yin u uchun milliy jamoa libosidagi 50-bahsga aylandi. Shuningdek, Jordan terma jamoaga Evro-2020 final bosqichiga chiqishga va Millatlar Ligasida 3-pog'onani egallashga yordam berdi.
Klub miqyosida esa Henderson YCHL, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.



