Angliya Kubogida bunday holat 117 yil deganda takrorlandi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026, 22:15
Bugun Angliya Kubogining amaldagi sohibi "Kristal Pelas" safarda "Maklisfild"ga yutqazdi.

Kubokning amaldagi egasi 5-divizion yoki undan pastroq liga jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etishi so'nggi marta 1909 yilda bo'lgandi.

"Maklisfild" liga darajasi va o'rinlarni hisobga olsa, "Pelas"dan 117 pog'ona pastda joylashgan. O'yindan keyin jamoa g'alabani muxlislar bilan nishonladi.

"Kristal Pelas" ketma-ket 9 o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti - 6 mag'lubiyat, 3 durang.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta