Angliya grandlari "Nottingem Forest" himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
27 fev 2026
Bir qator klublar "Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Muriloga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda futbolchi uchun "Chelsi" asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda, chunki London klubi so'nggi 12 oy davomida uning o'yinini sinchiklab kuzatib, baholab kelgan. Muriloning profili "ko'klar" uchun juda mos: ular pas berish ko'nikmalari yaxshi bo'lgan ishonchli himoyachi qidirmoqda va shu yo'l bilan mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Liverpul" ham istedodli braziliyalikni sifatli kuchaytirish deb hisoblamoqda. Bu, ayniqsa, Jo Gomes va Ibraima Konatening kelajagi bo'yicha noaniqlik, shuningdek, Virjil van Deykning yoshi bilan bog'liq holatlar fonida dolzarb.

Ikki asosiy davogardan tashqari, "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Tottenxem" ham o'yinchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Qizil iblislar" Muriloga uning chap oyoqda o'ynay olishi sabab qiziqmoqda - bu markaziy himoyachi uchun kam uchraydigan va qimmatli sifat.

Bundan tashqari, "Bavariya" ham ingliz klublariga jiddiy raqobatchi bo'lishi mumkin, chunki xabarlarga ko'ra, nemis grandi himoyachi uchun katta taklif bilan chiqmoqchi.

Qayd etish joiz, braziliyalik futbolchi ushbu mavsum 27 o'yinda 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk