"Liverpul" braziliyalik himoyachi uchun taklif tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
30 mar 2026
"Liverpul" yozda "Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murilo uchun jiddiy taklif bilan chiqmoqchi.

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, "qizillar" uzoq vaqtdan beri kuzatib kelingan braziliyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda. Biroq ular "Manchester Yunayted" va Yevropaning ikki grandi bilan raqobatga duch keladi.

Bu yil "Nottingem Forest" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan 23 yoshli braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi ochilganda jiddiy davogarlarni o'ziga jalb qilishi kutilmoqda. Bu "Forest"ning Premer-ligaga tushib kyetishidan qati nazar sodir bo'ladi va manbalarning takidlashicha, hozirda top klubga o'tish ehtimoli juda katta.

Braziliyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 34 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk