"Andijon"ning "Qizilqum" maydonidagi g'alabasiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2026
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Andijon" uchrashuvi ko'pchilikning e'tiborida bo'ldi.

Mazkur bellashuvda navoiyliklar o'z maydonida g'alabani begona qilgisi kelmadi va 2:1 hisobidagi yutuqni tantana qildi. Shu tariqa, "burgutlar"ning "Qizilqum" maydonidagi g'alabasiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi. "Andijon" raqibini safarda oxirgi marotaba 2012 yilda taslim etgan (2:1).

2026. "Qizilqum" - "Andijon" 2:1

2025. "Qizilqum" - "Andijon" 2:1

2024. "Qizilqum" - "Andijon" 3:3

2023. "Qizilqum" - "Andijon" 3:0

2021. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

2020. "Qizilqum" - "Andijon" 1:1

2019. "Qizilqum" - "Andijon" 1:1

2016. "Qizilqum" - "Andijon" 2:1

2015. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

2014. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

2012. "Qizilqum" - "Andijon" 1:2


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia