"Andijon"ning yetakchilaridan biri Moskvada operaciya qilindi

Khoja
29 may 2025
"Andijon" futbolchisi Oleg Zoteev kecha mashg'ulotlardan birida olgan jarohatidan so'ng Moskvada operaciya qilindi.

Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi. E'tiborlisi, jarrohlik amaliyoti aynan Toshkentda O'zbekiston Superkubok bahsi bo'layotgan vaqtda amalga oshirilgan.

Shifokorlarning taxminiga ko'ra, keyingi davolanish va tegishli reabilitaciya ishlari ijobiy natija bersa, Zoteev Osiyo Chempionlar Ligasiga qadar qaytadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia