"Andijon" Qozog'iston jamoasiga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" klubi Turkiyadagi yig'in doirasida Qozog'istonning "Ordabasi" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv "Ordabasi"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Qozog'istonliklar safida Elxan Astanov dubl qayd etgan bo'lsa, Dimitar Mitkov yana bir golga mualliflik qildi. "Burgutlar" safida yagona golni Po'latxo'ja Xoldorxonov kiritdi.

Ma'lumot uchun, "Andijon" o'tgan mavsum O'zbekiston Superligasida 11-o'rinni egallagan bo'lsa, "Ordabasi" Qozog'iston Premer-ligasida 7-pog'onani band etgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia