Amirbek Saidov: "Ronaldu bilan birga "Al Nassr"da o'ynashni xohlayman"

Nozimov Nig'monxo'ja
20 noya 2023, 09:50
O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Amirbek Saidov kelgusidagi rejalari to'g'risida fikr bildirdi.

O'zbekistonlik hujumchi turnirning guruh bosqichida uch marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Umid qilamanki, Ronaldu bilan birga "Al Nassr"da o'ynayman", dedi "Bunyodkor" futbolchisi.

Avvalroq hujumchi Ispaniyaga ikkita gol urishni maqsad qilgani aytgandi. 

Eslatib o'tamiz, U-17 jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Angliya uchrashuvi 22 noyabr kuni o'tkaziladi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia