Alisher Odilov: "O'yinga maksimal darajada tayyormiz"

Абдулвосит Бектемиров
27 mar 2026
"Neftchi" va MTJ a'zosi Alisher Odilov bugungi mashg'ulotlardan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Tayyorgarlik a'lo darajada. O'yinga maksimal darajada tayyormiz. Jarohatlangan futbolchilarning yo'qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Ular uchun g'alaba qozonishimiz kerak. Ikki raqibimiz bilan ham ilk marotaba to'qnash kelishimiz. Raqiblarimizni maydonda ko'rib olganimizdan so'ng ular haqida fikr bildirishimiz mumkin bo'ladi", - deya fikr bildirdi Alisher Odilov Gabonga qarshi kechadigan bahsdan oldin.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: